“2 avgust kuni hurmatli prezidentimiz Toşkent şahrida issiqlik ta'minoti tizimini modernizatsiya qiliş loyihasi bilan tanişdi.
Ma'lumki, poytaxtimizdagi köp issiqlik tarmoqlari ötgan asrda qurilgan. Hozirgi kunga kelib 12 ta markaziy va 180 ta mahalliy qozonxonalar, 2 ming kilometr magistral va tarqatiş quvurlari eskirgan. Bu juda katta energiya sarflanişiga, xizmat sifati yomonlaşişiga olib kelmoqda. Avariya holatlari ham köp uçramoqda.
Bu esa aholining haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda. Masalan, ötgan yili va şu yil davomida bu masala böyiça odamlardan 6 ming 330 ta murojaat kelib tuşgan.
Xizmatdan qoniqmaslik tölovga ham ta'sir qilmoqda. “Toşissiqquvvati” davlat unitar korxonasi yilni 869 milliard söm zarar bilan yakunlagan, kreditor qarzdorligi ham katta. Agar qozonxona va tarmoqlar hozir yangilanmasa, bunday muammolar köpayib boraveradi.
Şuning uçun Toşkent şahridagi issiqlik ta'minoti tizimini modernizatsiya qiliş, bozor tamoyillari va davlat-xususiy şeriklikni joriy etiş rejalaştirilmoqda”, – dedi prezident matbuot kotibi öz nutqida.
Bildirilişiça, prezident bu masalada juda çuqur öylab iş tutiş, boşqa şaharlar tajribasini tahlil qilib, eng yaxşi töxtamga keliş zarurligini ta'kidlagan. Şuning uçun, taqdimot qilingan loyihani avval Toşkent şahridagi mavzelardan birida sinovdan ötkaziş böyiça körsatma berilgan.











