Jahon | 18:38 / 13.06.2020
8517
2 daqiqa o‘qiladi

Pekindagi tumanlardan birida koronavirus sababli "harbiy davr rejimi" e'lon qilindi

Poytaxtdagi  "Sinfadi" bozorining 10 ming xodimi COVID-19ga test topshiradi. Bozorning o‘zi vaqtincha yopilgan.

Foto: AFP/Getty Images

Pekindagi "Sinfadi" ulgurji bozorining besh nafar xodimida koronavirus aniqlanganidan so‘ng Fentay tumanidagi 11ta dahada "harbiy davr rejimi" e'lon qilindi. Bu haqda tuman rahbari Chu Tszyunvey ma'lum qildi.

Dahalar aholisi o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimiga rioya qilishi, uyidan chiqmasligi lozim, hokimiyat ularni oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mahsulotlari bilan ta'minlash choralarini ko‘rmoqda.

Aniqlangan beshta holatning barchasida kasallik yuqtirganlar oxirgi ikki hafta davomida Pekindan tashqariga chiqmagan va Xubey provinsiyasidan bo‘lganlar bilan muloqot qilmagan.

"Sinszin bao" gazetasining xabar berishicha, "Sinfadi" bozoridagi 10 ming xodim COVID-19ga test topshiradi. Bozorning o‘zi vaqtincha yopilgan.

Avvalroq mahalliy OAV "Sinfadi" ulgurji bozoridagi losos baliqlarini bo‘laklarga bo‘lish uchun mo‘ljallangan taxtakachda koronavirus aniqlangani haqida xabar qilgandi.

Gazetaning yozishicha, Pekinning oziq-ovqatga bo‘lgan 90 foiz ehtiyojini "Sinfadi" bozori qondiradi.

Mavzuga oid