AQShda koronavirusdan sog‘aygan erkakka 1,1 mln dollarlik hisob yozib berildi
AQShda koronavirusdan sog‘ayib ketgan 70 yoshli Maykl Florga davolanish uchun 1,12 mln dollarlik hisob yozib berildi.
The Seattle Times nashrining xabar berishicha, erkak Sietl yaqinidagi Issakua shahrida joylashgan Swedish klinikasida rekord muddat - 62 kun davolangan. Florning ahvoli shunchalik og‘ir bo‘lganki, tungi navbatchilik hamshirasi erkak yaqinlari bilan vidolasha olishi uchun uning qulog‘iga telefonni tutib turgan. Erkakning yuragi, buyraklari va o‘pkasi ishlamay qolgan, biroq u sog‘-omon qolgan.
Florga ko‘proq kitobni eslatuvchi, 181 sahifa va 3 ming pozitsiyadan iborat hisob yozib berilgan.
Ta'kidlanishicha, Florga intensiv davolash bo‘limi palatasida o‘tkazgan har bir kun 9736 dollardan, 39 kun davomida talab etilgan o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasi esa kuniga 2835 dollardan aylangan. Yana 300 ming dollar dori-darmonga ketgan. Shunda erkakning umumiy davolanishi qiymati 1122501,04 dollarni tashkil qilgan.
E'tiborlisi, Flor keksalarni tibbiy sug‘urtalash dasturi Medicare ishtirokchisi bo‘lgani sababli, yuqoridagi summadan kichik qisminigina to‘laydi.
Mavzuga oid
19:37
AQShda parkdan o‘g‘irlab ketilgan olti yoshli bola 70 yildan so‘ng topildi
19:24
AQShda ikki kishida miyani yeb qo‘yadigan chuvalchanglar aniqlandi
09:50
RF AQSh saylovlariga ta’sir qilish uchun ko‘plab SI-kontentni ishlab chiqqani aytildi
23:07 / 23.09.2024