Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh aviakompaniyalari niqobsiz yo‘lovchilarni samolyotga olmaydigan bo‘ldi
AQSh aviakompaniyalari xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar parvoz vaqtida niqob taqishlari shart bo‘ladi. Agar ushbu talab bajarilmasa, aviakompaniya qoidabuzarni samolyotga olmaslikka haqqi bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, ushbu qarorni AQShning Alaska Airlines, American Airlines, Delta Air Lines, Hawaiian Airlines, JetBlue Airways, Southwest Airlines va United Airlines kabi yirik aviakompaniyalarini birlashtiruvchi Airlines for America qabul qilgan.
“Har bir aviakompaniya yuzni yopish siyosatiga amal qilmaydigan yo‘lovchilarga nisbatan ko‘riladigan choralarni o‘zi belgilaydi. Bunday yo‘lovchilar hattoki aviakompaniya samolyotida uchish parvozidan mahrum etilishi mumkin”, deb aytilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, ushbu taqiqlov hukumat tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi qabul qilingan cheklovlar amal qilishi yakunlangungacha saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21 / 11.05.2026
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39 / 11.05.2026