Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri ma'lum bo‘ldi
Qirg‘iziston parlamenti - Jogorku Keneshning ko‘pchilik koalitsiyasi 16 iyunda Kubatbek Boronovning bosh vazir lavozimiga nomzodini bir ovozdan ma'qulladi.
Foto: Qirg‘iziston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati
Deputatlar, shuningdek, hukumatning yangi tarkibini va dasturini ma'qullashgan.
Boronov bungacha bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan. U o‘ziga bildirilgan ishonch va mas'uliyatli lavozimga nomzodi qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirgan. U parlament tomonidan ma'qullangan hukumat “texnik” hisoblanishini va keyingi VII chaqiriqdagi Jogorku Kenesh shakllantirilgungacha ishlashini aytgan.
Ta'kidlanishicha, Boronovning nomzodi bo‘yicha barcha deputatlar 17 iyunda ovoz beradi.
Boronov hukumat tarkibini tubdan o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini, biroq vazirlar mahkamasi apparatiga hamda aloqa va axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasiga yangi rahbarlar tayinlashini ma'lum qilgan. U, shuningdek, bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimiga “Qirg‘iziston” parlament fraksiyasining sobiq yetakchisi Almazbek Baatirbekov nomzodini taklif qilgan.
Qirg‘iziston hukumatiga 2018 yil aprelidan boshchilik qilib kelgan Muhammadkaliy Abilgaziyev aloqa davlat agentligidagi korrupsiyaga ehtimoliy aloqadorligi bo‘yicha mojaro ortida 15 iyunda o‘z xohishiga ko‘ra iste'fo berdi. Shu sababli u tomonidan boshqarilgan hukumat ham iste'foga ketgan, deb hisoblangan.
Mavzuga oid
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
11:20 / 30.11.2025