Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahbarlar faoliyatiga xalqaro reytinglar asosida baho beriladi – Norboyeva
Davlat hokimiyati organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faolitiga xalqaro reytinglar bo‘yicha asosida baho beriladi, dedi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.
«Ularning faoliyatini baholashda reytinglarda nechanchi o‘rinda turganidan kelib chiqqan holda xulosa beramiz. Quruq so‘z bilan, tadbir va seminarlar o‘tkazdim, degan gaplar bo‘lsa-yu, natija salbiy bo‘lsa, unda hech qanday ish qilmagan hisoblanasizlar», dedi Norboyeva Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining 17 iyundagi majlisida.
Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.
Farmon bilan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilib, 50ga yaqin a'zoga ega kengashga Tanzila Norboyeva rais etib tasdiqlandi.
Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026