Kubatbek Boronov Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
Qirg‘iziston parlamenti deputatlari 17 iyundagi yig‘ilishda Kubatbek Boronovni bosh vazir lavozimiga tayinlash uchun o‘z ovozlarini berdilar.
Boronovning nomzodini 116 deputatdan 113 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Deputatlar, shuningdek, “Qirg‘iziston” fraksiyasi yetakchisi Almazbek Baatirbekovni bosh vazir birinchi o‘rinbosari etib tayinlanishini qo‘llab-quvvatlashgan.
Shuningdek, parlament a'zolari yig‘ilish davomida Boronov rahbarligida faoliyat yurituvchi yangi hukumat dasturini, tuzilishini va tarkibini tasdiqlashgan. Hukumatning yangi tarkibida katta o‘zgarishlar yuz bermagan. Xodimlar almashtirilishidan tashqari, unga nomzodlarini Boronov taklif qilgan 2 yangi a'zo kirgan. Bular: hukumat apparati rahbari lavozimiga tayinlangan Taalaybek Temiraliyev hamda Axborot texnologiyalari va aloqa davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan Almazbek Ismailov.
Avvalroq, 15 iyunda Qirg‘izistonning endilikda sobiq bosh vaziri Muhammatkaliy Abilgaziyev radiochastotalarning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq mojaro sababli iste'foga chiqdi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024