Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Adliya vazirligida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Davron Allanazarov vazirlikning Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
D. Allanazarov shu kunga qadar vazirlikning Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Suhrob Yusupov vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S. Yusupov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026