Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev 11 yilga qamaldi. Undan davlat mukofotlari ham olib qo‘yiladi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev jinoyatchi Aziz Batukayevni pora evaziga qamoqdan chiqargan deb topilib 11 yil-u 2 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.
«Sud Atamboyevni aybdor deb topdi va 11 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi. Uning davlat mukofotlari va mol-mulki musodara qilinadi», deya ayblovni o‘qib eshittirgan Bishkekning Birinchi may tuman sudi sudyasi.
Prokuror sobiq prezidentga 15 yillik qamoq jazosi va mol-mulkini musodara qilishni so‘ragandi.
Atamboyev sudda oxirgi so‘zni aytishdan bosh tortgan. U bilan birga ayblanayotganlardan hech biri aybini bo‘yniga olmagan.
Atamboyev 2011 yil dekabridan 2017 yil noyabrigacha mamlakatni boshqargan. U 2005 yildagi «lola inqilobi» ishtirokchilaridan biri bo‘lgan, o‘shanda u avvaliga vazir, keyin hukumat rahbari lavozimlarini egallagan. U 2011 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqib, bosh vazirlikdan prezidentlikka o‘tgan. Bu u prezidentlik saylovida uchinchi bor ishtirok etishi bo‘lgandi.
2017 yilda hokimiyatga Atamboyevning partiyadoshi Sooronbay Jeenbekov uning davomchisi sifatida keldi.
BBC ekspertlari fikricha, ikki siyosatchi o‘rtasidagi kichik nizo keyinchalik jiddiy qarama-qarshilikka aylangan, Atamboyev jamoasidagi bir necha kishi jinoiy ish doirasida qo‘lga olingach ziddiyat yanada keskinlashgandi.
Jeenbekov sobiq prezidentni jinoiy javobgarlikka tortishga yo‘l beruvchi qonunni imzolagan. Ko‘p o‘tmay Atamboyevga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan. Parlament qaroriga ko‘ra undan daxlsizlik huquqi olib qo‘yilgan, u bu jarayonni siyosiy sabablarga ko‘ra ta'qib etish sifatida baholab, so‘rovlarga borishdan bosh tortgandi.
Millati chechen bo‘lgan «kriminal avtoritet» Aziz Batukayev 2004 yil qamalgandi. U uzoq yillik qamoq jazosini o‘tayotgan vaqtda 2013 yil ozodlikka chiqariladi. Rasmiy ma'lumotlarda uning salomatligidagi muammo sabab ozod qilingani aytiladi. 2013 yilning o‘zida Qirg‘izistonda bu ish bo‘yicha surishtiruv boshlangan va asosiy aybdor sifatida ombudsman rahbari Tursunbek Akun aytilgandi. Ammo surishtiruv ishlari to‘xtatib qo‘yilgan.
2019 yil prezident Sooronbay Jeenbekov topshirig‘i bilan surishtiruv ishlari tiklanib ish doirasida sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va sobiq bosh prokuror qo‘lga olingandi.
O‘tgan yilning 8 avgustida Atamboyev Qo‘y-Toshdagi uyida Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari o‘tkazgan operatsiya doirasida qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026