O‘zbekiston | 22:06 / 25.06.2020
8922
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xususiy klinikalar koronavirusga test olish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Toshkentdagi bir qator xususiy klinikalar koronavirus uchun test o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Ular shu haftadan mazkur xizmatni ko‘rsatishni boshlashi kutilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Toshkent shahrida Covid-19’ga test olayotgan tibbiyot muassasalari haqida ma'lumot berdi.

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbari Malika Qudratxo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilning 25 iyuniga qadar Toshkent shahrida joylashgan «Tibbiyot dunyosi», Swiss Lab, Vitros Diagnostics, «Genotexnologiya» va Akfa Medline singari nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘z laboratoriyalarida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirish xizmatini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Ushbu xususiy tibbiyot muassasalari laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun belgilangan talablarga javob berishi to‘g‘risidagi tegishli xulosalar berilgan.

Toshkent shahrida «Tibbiyot dunyosi» MChJ ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini 24 iyundan boshlagan. Qolgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham shu hafta ichida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirish xizmatini ko‘rsatishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 24 iyundan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ixtiyoriy murojaat qilgan davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari hamda fuqarolarni ushbu infeksiyaga pullik asosda tekshirishga ruxsat berilgandi. 

Mavzuga oid