Jahon | 21:13 / 25.06.2020
4851
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada Maduroning Tramp bilan uchrashishga tayyorligi ma'lum qilindi

Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuv haqidagi taklifiga ochiq. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ma'lum qildi. 

“Prezident Maduro hamisha har qanday taklifga tayyor”, deb aytgan Arreasa “Rossiya-24” telekanali efirida Maduro va Tramp uchrashishi mumkinligi haqidagi savolga javoban. 

Uning ta'kidlashicha, Maduro Tramp prezident bo‘lib saylanganining ilk kunidan ikki davlat o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lishi mumkinligini, biroq “kelishmovchilik muloqotni talab qilishini, usiz hech qanday hamkorlik mumkin emasligini” aytib kelgan.

Arreasaning aytishicha, bunday uchrashuv Tramp atrofidagilarning unga ta'siri sababli amalga oshmagan.

Avvalroq AQSh prezidenti Maduro bilan uchrashishi mumkinligini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid