Yo‘lda ketayotgan avtomashinani to‘xtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 23 iyun kuni soat 23:45da 22 yoshli S.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida Farg‘ona viloyati “Qo‘qon-Buvayda” avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Uchko‘prik tumani Kaltatoy qishlog‘i hududiga yetib kelgan vaqtida, noma'lum shaxslar kul rangli Nexia-1 rusumli avtomashina bilan to‘xtatib, avtomashinasi salonida bo‘lgan 36.700.000 so‘m pullarini hamda bahosi 1.600.000 so‘mlik Redmi-7 rusumli uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni 32 yoshli M.A., 24 yoshli J.J., 21 yoshli J.Yu. va M.U. (ayol) sodir etganliklari aniqlanib, J.J.dan “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:44 / 08.09.2024
«Talonchilik bilan aynan harbiylar shug‘ullanayotganidan xabaringiz yo‘qmi?» Kurskliklar nega o‘z uylarini tark etishdan qo‘rqmoqda
11:13 / 05.06.2024
Jizzaxda talonchilik qilgan jinoiy guruh ushlandi
07:23 / 20.02.2024
Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokim tayinlandi
14:22 / 08.01.2024