Jamiyat | 20:00 / 28.06.2020
16049
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Navro‘z bog‘idagi "Etno restoranlar" o‘z faoliyatini boshladi

Toshkentdagi Navro‘z bog‘ida joylashgan tarixiy uslubdagi ovqatlanish tamaddixonalari o‘z faoliyatini qayta tiklayotganini ma'lum qiladi.

Bu yerda sizlarni turli viloyatlarning bir-biridan mazali bo‘lgan milliy taomlari kutmoqda. Siz bog‘da poytaxtning shoh taomlari-yu, Qashqadaryoning tandir go‘shti, Jizzaxning mashhur somsasi, Xorazm tuxumbaragi, Samarqandning lazzatli holvasi-yu, Farg‘onaning palovxonto‘rasini oila a'zolaringiz hamda do‘stlaringiz davrasida maroq ila tanovul qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Navro‘z bog‘idagi Etno hududning boshqa restoranlardan ajralib turuvchi muhim jihati - bu yerda siz o‘zingizni respublikamizning turli hududlariga tushib qolgandek his etasiz. Har bir viloyatning o‘ziga xos go‘zal madaniyati, betakror oshxonasi bilan yaqindan tanishish, shu bilan birga, mahoratli oshpazlar tomonidan tayyorlangan xilma-xil taomlardan tatib ko‘rish imkoni mavjud.

Bog‘da joylashgan barcha xizmat ko‘rsatish kafelarida xodimlar karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda faoliyat olib borishadi. Tashrif buyuruvchi mehmonlarning salomatligi, qolaversa, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha kerakli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 

Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak 12/1 

Murojaat uchun telefon: +998933870723

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid