Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga 696 mln dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi
Foto: Global Look Press/Liu Jie
AQSh hukumati insonparvarlik yordami doirasida Suriya aholisiga 696 mln dollar ajratdi. Ushbu pullar suriyaliklarni hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi, tibbiy va gigiyenik mahsulotlar bilan ta'minlash uchun mo‘ljallangan.
Suriya xalqiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratilganini AQSh davlat departamentining Suriya bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri e'lon qilgan. Shu tariqa, AQShning Suriyaga u yerdagi ixtilof boshidan beri ajratgan umumiy yordami hajmi 11,3 mlrd dollardan oshib ketgan.
Ushbu yordam Vashington tomonidan Damashqqa qarshi sanksiyalar kiritilishi ortida ajratilgan. Sanksiyalar ostiga 39 shaxs, jumladan Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma Asad hamda bir qator tashkilotlar va jamg‘armalar tushgan.
Vashingtonda tushuntirilishicha, AQSh Suriyani tark etish istagida emas, yangi sanksiyalar esa “Asad atrofiga og‘riq yetkazish uchun” zarur.
Mavzuga oid
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
21:14 / 04.02.2026