Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot berildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar IIBB Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 28 iyun kuni taxminan soat 20:50da Zulfiyaxonim ko‘chasida («Rayhon» kafesi qarshisida) Spark rusumli avtomobil haydovchisi, 53 yoshli T.I. yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 10 yoshli F.N.ni urib yuborgan. Piyodalar yo‘lakchasi hodisa joyidan yuz metr uzoqlikda bo‘lgani aytiladi.
YTH natijasida piyoda tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga yetkazildi, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumdi.
Ushbu fakt yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
«Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari. Bu kabi holatlarning oldini olishda haydovchilarning ham, piyodalarning ham o‘rinlari muhim. Yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya qiling. Ota-onalardan farzandlariga yo‘l harakati qoidalarini tez-tez tushuntirib turishlarini so‘raymiz», - deyiladi IIBB ma'lumotida.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026