Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada Hongkongdagi noroziliklardan charchaganlar uchun xususiy shahar quriladi
Shahar o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimiga ega, o‘zi joylashgan mamlakat hayoti bilan uyg‘unlashgan muxtor shahar bo‘ladi. Shaharning yarmiga hongkongliklar, ikkinchi yarmiga esa u quriladigan mamlakat fuqarolari joylashishi rejalashtirilmoqda.
Developer-magnat Ayvan Koga qarashli Victoria Harbour Group kompaniyasi noroziliklar va siyosiy noaniqlikdan charchagan hongkongliklar uchun Yevropada xususiy shahar qurishga qaror qildi. Bu haqda The Telegraph nashri yozmoqda.
«Biz hongkongliklarga u yerni tark etish, lekin demokratik va erkin bo‘lgan mamlakatlarda yashash, ishlash va oila qurish imkoniyatini bermoqchimiz», — dedi Ko.
Shahar o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimiga ega, o‘zi joylashgan mamlakat hayoti bilan uyg‘unlashgan muxtor shahar bo‘ladi. Shaharning yarmiga hongkongliklar, ikkinchi yarmiga esa u quriladigan mamlakat fuqarolari joylashishi rejalashtirilmoqda. Koning hisob-kitobiga ko‘ra, u yerda ikki millionga yaqin kishi yashaydi.
Hozirda Victoria Harbour Group turli mamlakatlardan bo‘sh yer izlamoqda. Shaharni shu yilning o‘zidayoq tiklash, barcha kerakli infratuzilmani esa 2021 yilda shay qilish rejalashtirilgan.
Koning aytishicha, uning kompaniyasi to‘rtta davlat hukumati bilan muzokara olib bormoqda, Irlandiya bunga alohida qiziqish bildirmoqda.
Mavzuga oid
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026