Qozog‘istonda 2 haftalik karantin kiritish taklif qilindi
Qozog‘iston hukumati mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli 5 iyuldan mamlakatda 2 haftalik karantin kiritishi mumkin. Bu haqda Twitter’da Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev ma'lum qildi.
“Hukumat 5 iyuldan 14 kunlik muddatga karantin kiritish rejasini taqdim qildi”, deb yozgan Toqayev. Uning ta'kidlashicha, agar karantin choralari kiritilsa, unda ular keyinroq uzoqroq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Qozog‘istonda may boshida koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan karantin choralari bekor qilingandi. Shundan keyin kasallanganlar soni ko‘paya boshlagan. 29 iyunda Toqayev cheklovlar bekor qilingandan keyin kasallanganlarning sutkalik soni 7 marotaba ko‘payganini ma'lum qilgan.
Prezident koronavirus yana avj olishini hukumat favqulodda vaziyat bekor qilingandan keyin faoliyatning tiklanishiga tayyorlanmaganligi bilan tushuntirgan. Bu esa kasallanishning yangi o‘choqlariga olib kelgan.
Toqayev epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli hukumatga mamlakatda bahorda amal qilgan qat'iy karantin kabi karantin kiritish rejasini ishlab chiqish vazifasini topshirgan.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024