Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya xitoylik talabalar josuslikka aloqador bo‘lishi mumkinligidan xavfsiramoqda
Davlat xavfsizlik xizmatining bildirishicha, hozirda Belgiyadagi oliy ta'lim muassasalarida xitoylik o‘nlab "harbiy talabalar" tahsil olmoqda.
Belgiya davlat xavfsizlik xizmati mamlakat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan xitoylik talabalar XXR harbiylari foydasiga josuslikka aloqador bo‘lishlari mumkinligidan xavfsiramoqda.
Qayd etilishicha, Xitoy mudofaa texnologiyalari milliy universiteti singari harbiy tadqiqot institutlari talabalari G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, xususan Belgiyaga aynan harbiy sohani rivojlantirish uchun muhim bilimlarni egallash maqsadida yuborilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatining bildirishicha, hozirda Belgiyadagi oliy ta'lim muassasalarida xitoylik o‘nlab "harbiy talabalar" tahsil olmoqda.
Belgiya davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Paskal Petrining so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar ehtimoliy xavfli talabalarni fosh qilishga urinmoqda.
"Bizda bunday holatlarni aniqlan imkoniyati bor, ayrim talabalarga Belgiyaga kirishga ruxsat berilmadi", - dedi Petri RTBF telekanaliga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026