Jahon | 20:25 / 02.07.2020
12461
1 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev koronavirusdan sog‘aydi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning 2 iyulda koronavirusga topshirgan tahlili manfiy natija ko‘rsatgan.

Foto: Twitter / Aydos Ukibay

Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma'lum qildi.

Nazarboyev koronavirusga chalingani 18 iyunda ma'lum bo‘lgandi.

“Menda yaxshi yangiliklar bor. Elbasining koronavirusga bugun topshirgan tahlili manfiy natija ko‘rsatdi. Shifokorlar tavsiyalariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘zini yakkalash rejimiga amal qilishni, masofadan ishlashni va ochiq havoda sayrlarga vaqt ajratishni davom ettiradi”, deb ma'lum qilgan Ukibay Twitter’da.

Ukibay, shuningdek, Nazarboyevning sayr qilib yurgan suratini ilova qilgan.  

Mavzuga oid