Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Propiska» qilish yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida amalga oshiriladi
Bugun, 3 iyul kuni, AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sanjar Qosimov propiska bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma'lumot berdi.
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish ishlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratiladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUK bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshirish maqsadida tegishli axborot tizimlarini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinadi», dedi Qosimov.
Qo‘shimcha qilinishicha, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganda tegishli idoralarga davlat xizmatlarining avtomatik tarzda ko‘rsatilishi uchun xabarnoma yuborilishini tashkillashtirsh, barcha doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni talab etadigan davlat xizmatlari hamda boshqa ma'muriy tartib-taomillarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilmoqda.
Mavzuga oid
15:58 / 21.04.2026
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
11:04 / 12.10.2025
“AQSh vizasini olishdan ham qiyinroq edi” – tarixga aylangan Toshkent propiskasi haqida
10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
21:33 / 12.07.2025