Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQSh bilan muzokaralarga zarurat yo‘qligini bildirdi
Kelasi haftada AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Stiven Bigan KXDR bilan muzokaralar masalasini muhokama qilish uchun Janubiy Koreyaga keladi.
Foto: AP
Hozirda Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini qaytadan boshlashga zarurat yo‘q, dedi KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tsoy Son Xi.
"Biz AQSh bilan yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazishga zarurat sezmayapmiz, chunki ular mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muloqotga ichki siyosiy inqirozni bartaraf etish uchun vosita deb qaramoqda", - deyiladi uning bayonotida.
Bayonot AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Stiven Biganning Janubiy Koreyaga tashrifi arafasida e'lon qilindi. Bigan Seulda Shimoliy Koreya bilan muzokaralar masalasini muhokama qilmoqchi.
Keyingi vaqtda KXDRning Janubiy Koreya va AQSh bilan munosabatlari yomonlashdi.
KXDR 9 iyundan buyon Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzib qo‘ygan. Bunga Janubiy Koreyaning Shimolga tashviqot varaqalari jo‘natganligi sabab bo‘lganligi aytildi.
Mavzuga oid
23:40 / 11.04.2026
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
12:48 / 11.04.2026
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
09:01 / 11.04.2026
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
22:27 / 10.04.2026