Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamining navbatdagi partiyasini jo‘natdi
Qirg‘izistonga O‘zbekistondan gumanitar yordam yuklari yetib keldi.
Foto: gov.kg
O‘zbekiston prezidenti va Qirg‘iziston prezidenti o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida yana bir insonparvarlik yuki Qirg‘izistonga yetib bordi. Bu haqda ushbu mamlakat hukumati saytida xabar qilingan.
Gumanitar yordam o‘z ichiga ko‘chma kislorod konsentratlarini oladi - 50ta to‘plam va sarf materiallari bilan o‘pkani sun'iy ventilyatsiya qilish bo‘yicha invaziv bo‘lmagan 100 dona qurilma.

Umumiy og‘irligi 8 tonnani tashkil etadigan gumanitar yordam yuklari aviaparvoz orqali barcha sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga muvofiq yetkazib berildi.
Qirg‘iziston hukumati ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston hukumati va qardosh o‘zbek xalqiga minnatdorchilik bildiradi, deyilgan xabarda.

Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025