Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST butun dunyo bo‘ylab rekord darajada sutkalik kasallanishni qayd qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4 iyulda butun dunyo bo‘ylab rekord sonda koronavirusga chalinish holati qayd etilganini ma'lum qildi.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni so‘nggi sutkada 212326 nafarga ko‘paygan. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSh, Braziliya va Hindistonda qayd etilgan.
Sutkalik kasallanishlar bo‘yicha avvalgi antirekord 28 iyunda qayd etilgandi va o‘shanda kasallanganlar soni 189 mingdan ko‘proqni tashkil etgan.
Koronavirusdan o‘limlar soni kuniga 5 ming atrofida saqlanib qolmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11,3 mlndan, undan vafot etganlar soni 533 mingdan oshib ketdi. Shu bilan birga, 6,4 mlndan ko‘proq kishi koronavirusdan forig‘ bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026