Jahon | 08:04 / 06.07.2020
16449
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda mustaqillik kunida o‘nlab odamlar otib ketildi

AQShda 4 iyulda mustaqillik kuni nishonlanishi vaqtida o‘qotar qurol qo‘llangan holda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.

Tartibsizliklar vaqtida butun mamlakat bo‘ylab 27 kishi o‘ldirilgan. Daily Mail nashrining xabar berishicha, eng ko‘p odam – 17 kishi Chikagoda halok bo‘lgan, yana 63 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlar orasida 7 yoshli qizcha ham bo‘lgan.

Nyu-Yorkda 4 kishi o‘ldirilgan va 41 kishi yaralangan. Memfis va Baltimorda bir nafardan, Detroyt av Grinvillda 2 nafardan odam o‘ldirilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’da ushbu vaziyatga munosabat bildirgan. U “federal hukumat agar undan so‘rashsa, yordam berishga tayyorligini va bunga qodirligini” yozgan.

Mavzuga oid