Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklarga naqd pul tushumi karantingacha bo‘lgan davrdagi miqdorga yaqinlashmoqda
O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yil aprel-iyun oylaridagi naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhni taqdim etdi.
Ma'lum bo‘lishicha, karantin talablari eng qat'iy bo‘lgan aprel oyida banklarga naqd pul tushumi mart oyiga nisbatan 41 foizga kamaygan.
May oyidan karantin yumshatila boshlagach, iyun oyida banklarga naqd pul tushumi aprelga nisbatan 85 foizga ko‘payib, 14,6 trln so‘mni tashkil etgan.
«Biroq, iyun oyidagi ko‘rsatkich karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatdan (joriy yil yanvarda – 15,8 trln. so‘m ) biroz kamligicha qolmoqda», – deyiladi xabarda.
Info: Markaziy bank
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning iyun oyida bank kartalariga jami 15,9 trln. so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 6,1 trln. so‘m aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
Info: Markaziy bank
Qisqa sharhda hisobot davridagi naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi, naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning tarkibiy dinamikasi, banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi ham keltirib o‘tilgan.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026