Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 1,6 milliondan oshdi
Braziliyada bir kunda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni 602 kishini tashkil etdi. Bir kecha-kunduzda virusni yuqtirganlar soni 26051 kishiga ko‘payib, 1 603 055 kishiga yetgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining yakshanba kuni e'lon qilgan ma'lumotlarida shu haqda so‘z yuritilgan.
Umuman, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganidan buyon ushbu xastalikdan 64 867 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 906 ming bemor tuzalgan.
Mamlakatning San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Espiritu-Santu va Minas-Jyerays shtatlari joylashgan janubi-sharqiy mintaqalari Braziliyada infeksiya tarqalayotgan hududlar hisoblanadi. Bu yerda 553 mingdan ortiq virus yuqtirganlar bor va 29 750 bemor vafot etgan. Mamlakat shimoli-sharqidagi 9 shtatda 547 ming kishida virus aniqlangan, 20 957 inson hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026