O‘zbekiston | 10:05 / 09.07.2020
54630
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada yana kasallanish holatlari qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 167 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«O‘zbekistonda koronavirusga chalingan jami bemorlar soni 11 259 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 64 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 58 nafari aholi orasida), 3 nafari Farg‘ona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 9 nafari Namangan viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 16 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

8 iyul kuni O‘zbekistonda jami 422ta yangi holat qayd etildi (rekord), 249 bemor sog‘aydi (rekord) va 5 bemor vafot etdi (rekord).

Shu vaqtgacha 7060 kishi kasallikdan sog‘ayib chiqqan. 

Ayni vaqtda shifoxonalarda 4 152 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil 6 iyul kuni koronavirus Farg‘ona viloyatiga qaytgani, viloyatda aholi orasida 3ta kasallanish holati qayd etilgani haqida xabar bergandi. Ammo ko‘p o‘tmay Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olishni muvofiqlashtiruvchi Farg‘ona viloyati shtabi bu xabarni rad etgandi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid