«2020 yil 6 iyul soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining 118 nafari Toşkent şahrida (şundan 46 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farğona viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozirça 264ta yangi zararlaniş holati qayd etildi.

Şu vaqtgaça 6584 bemor kasallikdan tuzalib çiqqan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3664 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 25 nafari oğir, 6 nafari esa öta oğir ahvolda.

  • Eslatib ötamiz, Farğona viloyatida mart oyidan buyon 158ta kasallaniş holati qayd etilgan, bemorlarning sönggisi 14 may kuni tuzalib çiqqan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.
  • Uşbu viloyat iyun oyining ikkinçi yarmidan buyon respublikada koronavirusdan xoli bölgan yagona hudud bölib kelayotgandi. Endilikda Özbekistonda koronavirusdan xoli hudud qolmadi.