Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda YTH ro‘y berishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyatining Pop tumani hududida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.
8 iyul kuni 7:30 atrofida Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.
Tsement yuklangan Isuzu yuk mashinasi Pop tumanida «Toshkent — O‘sh» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. 28 yoshli haydovchi J. J. boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarlikka ag‘darilgan.
Haydovchi va yo‘lovchisi 23 yoshli Sh. J. tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026