Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gashishni pullash «operatsiya»si barbod bo‘ldi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro K.S. og‘irligi 570 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 3500 AQSh dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, fuqaro K.S.ning yashash xonadonida ham 10 gramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
08:24 / 14.03.2026