Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning noqonuniy aylanmasi hamda kontrabandasiga qarşi kuraşiş doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Içki işlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida Qöqon şahrida harakatlanayotgan «Damas» rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirildi. Avtomaşina Farğona tumanida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan fuqaro tomonidan boşqarilayotgan bölgan.
Tekşiruv jarayonida transport vositasi salonidan 2 kilogramm 40 gramm gaşiş moddasi hamda 5600 dona «Regapen» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, mazkur şaxs uşbu giyohvandlik vositalarini Qirğiz Respublikasidagi jinoiy şerigidan olib, Qöqon şahrida sotişni rejalaştirgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-, 251-1 va 273-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Sud qarori bilan unga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan.
Mutasaddilar fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq holatlar haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirmoqda.

















