O‘zbekiston | 23:11 / 13.07.2020
37837
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq bankining 3ta filialidagi xodimlarda koronavirus aniqlangani ma'lum qilindi

Xalq bankining 3 ta filialida jami 10 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma'lum qilindi

Xalq bankining uchta filiali hozirda karantinga olingan va ushbu bank muassasalarida xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Andijon viloyati Kuyganyor filialida 59 kishi karantinga olingan, 1 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Navoiy viloyati Nurota filialida barcha xodimlar test topshirgan, 8 nafarida COVID-19 aniqlangan. Filial vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.

Navoiy shahar filialida ham barcha xodimlar test topshirgan va natijasini kutmoqda. 1 nafar xodimda infeksiya tasdiqlangan.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani filialida ham xodimlar koronavirusga test topshirgan. Hech bir xodimda infeksiya aniqlanmagan. Filial karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda faoliyatini davom ettirmoqda.

Bank axborot xizmati pensionerlarning hayotini asrash maqsadida ular uchun pensiya va nafaqa pullari uyma-uy yurib tarqatilayotganini eslatib o‘tgan.

Mavzuga oid