Qozog‘istonda keskin karantin yana uzaytirildi
Qozog‘istonga kiritilgan keskin karantin choralari yana ikki haftaga uzaytirildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining tvitter sahifasida ma'lum qilgan.
«Epidemiologik vaziyat sabab joriy qilingan keskin karantin choralari yana ikki haftaga uzaytiriladi. Ertaga hukumat komissiyasi bu borada qaror qabul qiladi. Karantin fuqarolarning salomatligi va ular o‘zlarini himoya qilishi uchun zarur», deb yozgan prezident mikroblogida.
Qozog‘istonda 5 iyul kuni ikki hafta davomida amal qiluvchi keskin karantin joriy qilingan. Endi bu muddat yana ikki haftaga uzaytiriladi va qozog‘istonliklar avgust oyining boshigacha keskin karantinga amal qilishadi. Oldinroq moliyaviy qiyin holatdagi qozog‘istonliklarga 42 500 tengedan (103 dollar atrofida) yordam puli berilishi ma'lum bo‘lgandi.
Ma'lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 60 mingga yaqinlashgan. Virus 375 nafar qozog‘istonliklarning o‘limiga olib kelgan.
Mavzuga oid
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024