Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Rossiya o‘zaro aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi
Turkish Airlines shuningdek, 1 avgustdan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Hindiston, JAR va BAAga aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini xabar qilgan.
Foto: Roland Weihrauch / dpa / picture-alliance / TASS
Turkiya va Rossiya 15 iyuldan o‘zaro aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
13 iyul kuni Turkish Airlines 1 avgustdan Rossiyaga parvozlar tiklanishini xabar qilgan va o‘z saytida parvozlar amalga oshiriladigan oltita shaharni ko‘rsatgandi.
O‘sha kuni Turkiya tomonining tashabbusi bilan Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan. Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, muloqotda «sanitar-epidemiologik vaziyat yaxshilanishi barobarida turistik almashuvlarni tiklash istiqboli muhokama qilingan».
Rossiya koronavirus pandemiyasi sababli mart oxirida xorijga aviaqatnovlarni butunlay to‘xtatgandi.
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash 15 iyuldan boshlanishini ma'lum qilgandi.
Turkish Airlines shuningdek, 1 avgustdan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Hindiston, JAR va BAAga aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini xabar qildi.
Mavzuga oid
15:41 / 02.02.2026
Zelenskiy: Hududlar masalasida qaror qabul qilish Putin bilan aloqani talab etadi
15:12 / 02.02.2026
AQSh va Rossiya yana yadroviy qurollanish poygasi yoqasida
14:35 / 02.02.2026
Rossiyaning Zaporijjya tug‘uruqxonasi va tumanlariga zarbalari: kamida 9 kishi yaralandi
13:32 / 02.02.2026