Dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri misli ko‘rilmagan inqirozga duch keldi
Singapur YaIM joriy yilning ikkinchi choragida birinchi chorakka nisbatan 41,2 foizga tushib ketdi. Mamlakat hukumati iyunda koronavirus pandemiyasi sharoitida bevosita yordam sifatida aholiga 2,5 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirdi.
Singapur iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan inqirozga duch keldi, bu yil mamlakat YaIM 4-7 foizga qisqarishi mumkin. Bu 1965 yildan buyon mamlakatdagi eng yomon pasayish bo‘ladi, deb yozadi CNBC.
Prognozlarga ko‘ra, yaqin oylarda ishsizlik darajasi va kompaniyalarning bankrot bo‘lish holatlari oshadi.
«Biz intihoning ibtidosida emas, tiklanishning boshlang‘ich bosqichida turibmiz. U juda sekin kechadi», — dedi Singapur pul-kredit boshqarmasi boshqaruvchi direktori Ravi Menon.
2021 yilda kompaniya va fuqarolar ko‘proq qarz oladi, bu esa o‘sishni yanada sekinlashtiradi, dedi Menon.
Singapur YaIM joriy yilning ikkinchi choragida birinchi chorakka nisbatan 41,2 foizga tushib ketdi. Mamlakat hukumati iyunda koronavirus pandemiyasi sharoitida bevosita yordam sifatida aholiga 2,5 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirdi. Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakat YaIMning 20 foizi (70,3 milliard dollar) ajratildi.
Mavzuga oid
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
09:21 / 25.07.2024