O‘zbekiston | 20:51 / 17.07.2020
51138
2 daqiqa o‘qiladi

2 avgustgacha amalga oshiriladigan charter reyslar e'lon qilindi

O‘zbekiston xorijdagi fuqarolarini olib kelish bo‘yicha charter reyslarni davom ettiradi. 20 iyuldan 2 avgustgacha Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSh, Isroil va Germaniyadan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun 18ta charter reysi tashkil etiladi.

Transport vazirligi axborot xizmati joriy yilning 20 iyulidan 2 avgustigacha Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan 18ta reys haqida ma'lumot berdi.

20-26 iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

20 iyul Seul – Toshkent – Seul

20 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent

22 iyul Moskva – Toshkent – Moskva

22 iyul Toshkent – Dubay – Toshkent

23 iyul Toshkent – Minsk – Toshkent

24 iyul Toshkent – Istanbul – Toshkent

23-24 iyul Toshkent – Frankfurt – Toshkent

25 iyul Toshkent – Vladivostok – Toshkent    

26 iyul Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent

27 iyuldan 2 avgust kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

27 iyul Seul – Toshkent – Seul

27 iyul Tel-Aviv – Toshkent – Tel-Aviv

28 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent

29 iyul Minsk – Toshkent – Minsk

30 iyul Istanbul – Toshkent - Istanbul

30 iyul Toshkent – Dubay – Toshkent

30 - 31 iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent

1 avgust Toshkent – Sankt-Peterburg –Toshkent

2 avgust Toshkent – Moskva – Toshkent

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 13–19-iyul kunlari rejalashtirilgan charter reyslar ro‘yxati e'lon qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid