Jahon | 10:31 / 18.07.2020
4200
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada parlament saylovlariga bir kun qolganida sokinlik kuni e'lon qilindi

Foto: SANA

Suriya Oliy sud qo‘mitasi (Markaziy saylov komissiyasi) raisi Samir Zamrayk mamlakatning bir palatali parlamenti – Xalq kengashi uchun umummilliy saylovlarga bir kun qolganida sokinlik kunini e'lon qildi. “07:00 dan deputatlikka nomzodlarning har qanday tashviqoti va ularning OAVda saylovoldi chiqishlari to‘xtatiladi”, - deya MSK raisining so‘zlarini keltirmoqda SANA. Uning qayd etishicha, saylov qonunchiligining 58-moddasiga muvofiq, ovoz berishdan 24 soat avval “nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari tomonidan nashr qilingan murojaatlarni tarqatishga ham ruxsat berilmaydi”. 

Mamlakatda tashkil etilgan 7 313ta saylov uchastkasida ovoz berish 19 iyul kuni ertalab 8-00da boshlanadi va 20-00da yakunlanadi. Mamlakatning 18,7 mln fuqarosi ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, mamlakatdan noqonuniy yo‘l bilan chiqib ketgan qochqinlar saylovlarda ishtirok eta olmaydi. 

Xabar qilinishicha, 2016 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan “Milliy birlik” bloki bu safar ham favorit hisoblanadi. Uning nomzodlar ro‘yxatidan hukmron BAAS partiyasining 166 a'zosi va u bilan ittifoqchi bo‘lgan Progressiv milliy frontning 17 a'zosi joy olgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid