O‘zbekiston | 21:04 / 19.07.2020
7909
2 daqiqa o‘qiladi

Viloyatda o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q - Qashqadaryo viloyati hokimi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 18 iyul kuni G‘uzor tumanida yangi barpo etilayotgan Uzbekistan GTL zavodi hududidagi holat bilan tanishdi. Hokimlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif davomida Zoyir Mirzayev viloyatda 69 kishi koronavirusdan davolanayotganini aytib, ularning holati va yoshi haqida ma'lumot bergan.

Unga ko‘ra,

  • 39 nafar (56 foiz) bemorda kasallik hech qanday simptomplarsiz kechmoqda;
  • 26 nafar bemorning ahvoli o‘rta og‘ir,
  • 4 nafar bemorning ahvoli og‘ir.
  • Viloyatda o‘ta og‘ir holatdagi kasal yo‘q.

Bemorlarning yoshi kesimida:

  • 16 yoshgacha — 4 nafar,
  • 17 yoshdan 30 yoshgacha — 15 nafar,
  • 30 yoshdan 60 yoshgacha — 48 nafar,
  • 60 yoshdan oshgan bemorlar soni — 2 nafar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 17 iyul soat 23:00 holatiga Qashqadaryo viloyatida 409 kishi COVID-19'ga chalinib, ularning 318 nafari tuzalgan va 2 kishi vafot etgan. Davolanayotganlar soni 89 nafarni tashkil etadi.

Vazirlik axborotlarida, 18 iyul kun davomida va 19 iyul soat 18:00 holatiga Qashqadaryoda yangi aniqlangan yoki sog‘ayib chiqish holatlari qayd etilmagan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid