Qaşqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Ğuzor tumanidagi «Uzbekistan GTL» zavodiga bordi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergan.
8 iyul kuni Ğuzordagi sintetik suyuq yonilği işlab çiqariladigan bu zavoddagi qurilişda işlayotgan 127 kişida koronavirus aniqlangani ma'lum bölgandi. Bugun, 18 iyul kuni «Uzbekistan GTL» zavodida bölgan Zoyir Mirzayev koronavirusga qarşi amalga oşirilayotgan işlar va quriliş jarayoni bilan tanişdi.
«Uzbekistan GTL» zavodining özida Qaşqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev iştirokida brifing ötkazildi. Viloyat hokimining aytişiça, 20 iyulgaça Qaşqadaryoda 8 700ta zaxira örinlari tayyor böladi (katta ehtimol bilan gap karantin örinlari haqida ketmoqda). Bugungi kunda esa 890ta zaxira örni mavjud.

Mirzayev Qaşqadaryoda koronavirusga qarşi kuraşda 5 280 nafar tibbiyot xodimlari jalb qilinganini aytgan. Şuningdek, nafaqaga çiqqan, avval tibbiyot sohasida, harbiy sohada işlagan tajribasi bor virusolog, infeksionistlar zaxiraga tayyorlaş maqsadida röyxat qilinayotgani ma'lum böldi.
Mirzayevga köra, Qaşqadaryodagi işonç telefonlariga har kuni örtaça 185ta qönğiroq bölyapti va ulardan 40-42tasi oziq-ovqat yoki dori-darmon sörovi böyiça. Viloyatda yordamga muhtoj odamlarning moddiy sörovlarini qanoatlantiriş imkoni borligi aytildi. Ma'lum bölişiça, ayni damda viloyatdagi «Saxovat va kömak» jamğarmasida 4,2 milliard söm pul bor va oxirgi bir kunda jamğarmaga homiylar tomonidan 56 million söm pul tuşgan.
Ma'lumot uçun, Qaşqadaryoda ayni damgaça 409 kişida koronavirus aniqlangan. Ulardan 318 nafari tuzalgan. Keça bir kun davomida viloyatda 42 kişi virusdan tuzalgan.










