O‘zbekiston | 17:56 / 20.07.2020
20186
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» tez yordam uchun Volkswagen Caddy avtomobilini taqdim etdi

“O‘zavtosanoat” AJ korxonalari tomonidan Volkswagen Caddy, ISUZU D-Max va Chevrolet Damas avtomobillari bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomobillari taqdim etildi. 

Foto: O‘zavtosanoat

“Jizzax avtomobil zavodi” Toshkent shahar tibbiyot muassasalariga Volkswagen Caddy bazasida tez yordam avtomobillarini yetkazib berishni boshlaydi.

Mashinalar murakkab paytda – butun mamlakat yuqori tayyorgarlik holatida bo‘lgan pandemiya davrida aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Aholiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga o‘zining tezkor ulushini qo‘shish uchun Volkswagen Caddy bazasidagi avtomobillar keyingi haftadanoq “front”ga chiqadi.

Avtomobilni jihozlash bilan Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridan iborat Turin Invest Engineering mahalliy kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Kompaniya muhandislik ishlanmalari (loyihalashtirishdan to foydalanishga topshirishgacha)ga ixtisoslashadi. Kompaniya tasarrufida mexatronika, metrologiya laboratoriyalari va mamlakatda o‘xshashi bo‘lmagan yuksak texnologik jihozlar mavjud.

Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham Isuzu D-Max pikapi bazasidagi ambulanslar partiyasi yo‘lga chiqdi: 27 ta tez yordam mashinasi shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga topshirildi.

Tez yordam xizmati maxsus sanitar avtoparkini kengaytirish va pandemiya davrida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadlarida UzAuto Motors mamlakat mintaqalariga Chevrolet Damas avtomobili bazasida tayyorlangan tez yordam avtomobillari partiyasini jo‘natdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq jihozlangan 250 dona tez yordam avtomobili poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga ko‘ra yetkazib berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid