Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni podshohi shifoxonaga yotqizildi
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz o‘t pufagi yallig‘lanishi tufayli Ar-Riyoddagi shifoxonaga yotqizildi.
AFP Photo/Bandar AL-JALOUD
Saudi Press Agency ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda 84 yoshda bo‘lgan podshoh tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Salmon ibn Abdulaziz 1953 yilda, 18 yoshga to‘lganida podshoh vakili va Ar-Riyod amiri etib tayinlangan. Oradan o‘n yil o‘tgach u Ar-Riyod viloyati gubernatoriga aylangan va 2011 yilga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.
2011 yilda Salmon bin Abdulaziz Ol-Saud mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan, shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashi tarkibidan o‘rin olgan. Bir yildan kamroq vaqt ichida - 2012 yilning iyunida u merosxo‘r shahzoda va bosh vazir o‘rinbosariga aylangan.
U 2015 yilning yanvarida podshoh Abdulla vafot etgach, taxtga o‘tirgandi.
Mavzuga oid
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
21:37 / 17.05.2026
Saudiyada Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi
20:00 / 17.05.2026
Hujum qilmaslik pakti: Saudiya yangi tartibni taklif qilmoqda
20:50 / 16.05.2026