Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning Uhandagi konsulligini yopishi mumkin - Reuters
Avvalroq AQSh hukumati Xitoyning Xyustondagi konsulligini yopishni talab qilgandi.
Xitoy Amerikaning Uhandagi konsulligini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSh hukumati XXRning Xyustondagi konsulligini yopishni talab qilganini bildirgandi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin Vashington o‘z talabidan voz kechmasa, Xitoy zarur choralarni ko‘rishini aytgandi.
AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Morgan Ortegusning ma'lum qilishicha, Xitoyning Xyustondagi konsulligi "Amerika intellektual mulki va amerikaliklarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish maqsadida" yopilmoqda.
Xitoy OAVning ma'lumot berishicha, AQSh konsullik yopilishi uchun 72 soat muhlat bergan.
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yilda ancha yomonlashdi. Ikki mamlakat bir-biriga nisbatan sanksiyalar joriy etmoqda.
Mavzuga oid
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026