Yefremovning sudida Mamayev va Kokorin ishini ko‘rgan sudya ishlaydi
8 iyun kuni Rossiyalik taniqli aktyor Mixail Yefremov sodir etgan yo‘l transport hodisasi oqibatida odam o‘lgandi. Aktyorning sud ishida futbolchilar Aleksandr Kokorin hamda Pavel Mamayevning ishinb ko‘rgan sudya ishlashi ma'lum bo‘ldi.
Ma'lum bo‘lishicha, Yefremov ishini mamlakatning taniqli sudyalaridan biri Yelena Abramova ko‘rib chiqadi. U avvalroq futbol bo‘yicha Rossiya milliy jamoasi a'zolari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevning bezorilik bo‘yicha ishini ko‘rib chiqqan va ularni qamoqqa hukm qilgan. Shuningdek, bu sudya Rossiya ichki ishlar vazirligi polkovnigi Dmitriy Zaxarchenkoning sudida ishlagan.
Yefremov ishi bo‘yicha sud majlisining boshlanish sanasi hali belgilanmagan. Bu ishda jabrlanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Aleksandr Dobrovinskiy avvalroq sud jarayoni avgustda boshlanishi mumkinligini aytgandi.
Aktyor Mixail Yefremov 8 iyun kuni mast holda Moskva markazidagi Smolenskaya maydonida avtohalokatga sabab bo‘ladi. Oqibatda «Lada» furgonini boshqarib ketayotgan «Delikateska» internet do‘koni kureri Sergey Zaxarov mazkur avtohalokatda vafot etadi. Shundan so‘ng Yefremov uy qamog‘iga olingandi.
Futbolchilar Kokorin va Mamayev esa Moskvadagi «Kofemaniya» restoranida Savdosanoat vazirligi xodimi Denis Pak bilan janjal uyushtirgan hamda uni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan edi. O‘shanda bu ikki futbolchi oldindan til biriktirgan holda bezorilik qilib Denis Pakka tan jarohati yetkazishda ayblangan edi.
Ishni ko‘rib chiqqan sudya Yelena Abramova Kokoringa 18 oy, Mamayevga esa 17 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan edi. O‘shanda sudyaning bu ikki futbolchiga qamoq jazosini tayinlashi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘lgan edi. Jamoatchilik futbolchilarni jarima qilib qo‘yib yuborishadi yoki ularga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llaniladi deb o‘ylagandi.
Yelena Abramova ko‘rib chiqan yana bir shov-shuvli ish bu Rossiya IIVda yuqori lavozimda ishlovchi Dmitriy Zaxarenkoning uyidan 9 milliard rubl topilgani borasidagi ish edi. Dollarda hisoblaganda qariyb 130 million dollar pul IIVning yuqori lavozimli xodimining uyida qanday paydo bo‘lib qolgani o‘shanda ko‘pchilikni hayron qoldirgani rost.
Zaxarenko katta miqdorda pora oldi-berdisida ayblanadi va hibsga olinadi. Yelena Abramova tomonidan 2019 yilda ko‘rib chiqilgan mazkur ishda Zaxarenko ikkita modda – katta miqdorda pora oldi-berdi qilish va tergovga to‘sqinlik qilish bo‘yicha ayblanib, 13 yil qamoq jazosi oladi. Keyinroq apellyatsiya tartibida ish qayta ko‘rib chiqiladi va Abramova Zaxarenkodan asosiy ayblovlardan biri – La Maree restorani egasidan 800 ming dollar pora olish ayblovini olib tashlab, uni oqlaydi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024