O‘zbekiston | 08:04 / 23.07.2020
7316
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

Tarvuz eksporti bo‘yicha Rossiya 1 179 tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, qiymati 886,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, tarvuz mahsulotining eksporti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi 1 179 tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam. 

Bundan tashqari, o‘zbek tarvuzlari Belarus, Estoniya, Mongoliya Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda. 

Jumladan, Qozog‘istonga 319,2 tonna, Qirg‘iz Respublikasiga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Belorus Respublikasiga 148,1 tonna tarvuz eksporti amalga oshirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid