Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi
Bugun O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlariga Volgabo‘yi tumanlari ustida shakllangan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishi davom etmoqda.
Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati bo‘yicha, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, harorat 35-38 daraja atrofida bo‘ladi, janubda ayrim joylarda 40-42 darajagacha yetishi mumkin.
Dam olish kunlari butun mamlakat hududiga Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirishni boshlaydi.
Respublika hududining katta qismida ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kunduzgi harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi, janubda 42 darajagacha ko‘tariladi, bu yozning shu davri xos bo‘lgan me'yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
11:03 / 19.06.2026