O‘zbekiston | 17:08 / 24.07.2020
13500
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 19 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 193 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 24 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 179 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha kun davomida respublikaning 6 hududida jami 311ta yangi holat qayd etildi.
- Toshkent shahrida 170 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 52 holat;
- Andijon viloyatida 35 holat
- Samarqand viloyatida 31 holat;
- Toshkent viloyatida 18 holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 holat.
Bugun ayni paytga qadar jami 54 nafar bemor tuzaldi va jami tuzalganlar soni 10 203 nafarga yetdi.
- Andijon viloyatida 45 nafar;
- Navoiy viloyatida 9 nafar.
Bugun shuningdek, ikki bemor vafot etdi va O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 104 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimizda 8 872 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 14.08.2023
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sut sotuvi boshlandi
18:58 / 06.05.2023
JSST koronavirus hech qachon butunlay yo‘q qilinmasligini aytdi
19:23 / 05.05.2023
JSST koronavirus pandemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:19 / 02.05.2023