O‘zbekiston | 10:03 / 26.07.2020
45684
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 20 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 274 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 20 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 26 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20226 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Barcha yangi holatlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

  • Toshkent viloyatida 136 holat;
  • Toshkent shahrida 90 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 29 holat;
  • Andijon viloyatida 16 holat
  • Navoiy viloyatida 3 holat .

25 iyul kuni O‘zbekistonda 592 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Bu – bir kun avvalgidan yuztaga ko‘p, kunlik antirekorddan (13 iyul) ikkitaga kam ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga, shu kuni kasallikdan tuzalishlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi - 359 kishi infeksiyadan forig‘ bo‘ldi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikka chalinganlarning 10831 nafari sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9283 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzuga oid