Jahon | 15:25 / 27.07.2020
6178
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon va Turkiya hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Harbiy mashg‘ulotlarga zirhli texnika, artilleriya qurilmalari hamda havo hujumidan mudofaa vositalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Foto: AZƏRTAC

Ozarboyjon Turkiya bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi, deb xabar berdi Vesti.az.

Ma'lum qilinishicha, 1 avgustdan 5 avgustgacha Boku va Naxichevanda quruqlikdagi qo‘shinlar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Harbiy aviatsiya ishtirokidagi mashg‘ulotlar 29 iyuldan 10 avgustgacha Boku, Naxichevan, Gyanj, Kyurdamire va Yevlaxda bo‘lib o‘tadi.

 Mashg‘ulotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv doirasida o‘tkaziladi. Harbiy mashg‘ulotlarga zirhli texnika, artilleriya qurilmalari hamda havo hujumidan mudofaa vositalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyulda Ozarboyjon va Armaniston chegarasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar hali ham davom etmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bo‘lgan.

Anqara Bokuni qo‘llab-quvvatlamoqda.

 «Ozarboyjonning dardi bizning dardimiz. Ozarboyjonlik harbiylarning o‘limi javobsiz qolmaydi», — dedi Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid