Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda pandemiya tufayli telekanallardan biri yopiladi
Pandemiya davridagi iqtisodiy inqiroz tufayli Qozog‘istonda Tamasha TV telekanali yopiladi. «Kazaxstan» respublika teleradiokorporatsiyasiga tayanib Tengrinews.kz xabar berishicha, telekanal 27 iyuldan o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
«Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalgan pandemiya ommaviy axborot vositalari faoliyatiga ham jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shu jumladan, pandemiya tufayli Qozog‘iston televizion bozorida reklama daromadlari pasaydi.
Qolaversa, kelgusi yil uchun taxmin qilinayotgan holat ham qoniqarli emas. Tamasha TV asosan reklama daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi. Pandemiya sharoitida reklama beruvchilar kamayib ketgani bois, telekanal hozir og‘ir iqtisodiy ahvolda qolgan», deyiladi telekanal ma'lumotida.
Ushbu telekanal Qozog‘iston mediaolamida ancha yosh telekanal hisoblanadi. U ko‘ngilochar telekanal sifatida 2018 yil 1 sentyabrda ochilgan edi.
Mavzuga oid
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026