Jahon | 00:51 / 28.07.2020
6583
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Foto: Reuters

Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi vakillari oxirgi ikki hafta davomida kasallanish holatlari o‘sganligidan jiddiy tashvishda ekanligini bildirdi.

Yevropa mamlakatlari koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘ra boshladi va ayrim cheklovlarni qaytarish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The Guardian.

"Yevropa koronavirusning ikkinchi to‘qiniga tayyorlanmoqda. Yangi kasallanishlar cheklov choralarini qaytadan kiritish ehtimolini kuchaytirmoqda", - deb yozadi gazeta.

Masalan, Kataloniya hukumati agarda 10 kun ichida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostiga olinmasa, ayrim "lokdaun" choralari qayta joriy etilishini ma'lum qildi. Keyingi ikki haftada Kataloniyada qariyb 8 mingta yangi zararlanish holatlari qayd etildi. 

Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi vakillari oxirgi ikki hafta davomida kasallanish holatlari o‘sganligidan jiddiy tashvishda ekanligini bildirdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan noxush vaziyat hukm surayotgan hududlarda bo‘lgan barcha koronavirusga majburiy test topshirishini aytdi.

Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi yoshlar orasida kasallanish holatlari keskin o‘sganidan so‘ng ehtiyotkorlikka chaqirdi. Yoshlar niqob taqish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofa saqlashga chaqirilmoqda.

Gretsiyada nafaqat supermarketlarda, balki barcha yopiq joylarda niqob taqishni majburiy etish rejalashtirilmoqda. 

Belgiya ham mamlakatda ikkinchi "to‘liq lokdaun" joriy etilishi mumkinligini istisno etmadi. Milliy xavfsizlik kengashi olti soatlik munozaralardan so‘ng pandemiyaga qarshi kiritilgan choralarni qisman qat'iylashtirishga qaror qildi. Bosh vazir Sofi Vilmes epidemiologik ma'lumotlar xavotirli ekanligini aytdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid